fbpx

Mohirdev Praktikum

Full Stack Java kursi

Play Video

Java dasturlashni nima uchun o’rganish kerak?

AQSh Ish Byurosiga ko’ra, Qo’shma Shtatlarda 1,469,000 dasturchi mavjud. Statistikaga ko’ra, ularning 35.35%i Java tilidan foydalanishadi. Umuman, dasturchilik sohasini tanlayotganda Java dasturchisi bo’lish eng aqlli qarorlardan deyish mumkin.

1995-yil Java yaratilgandan beri, Python, Scala, JavaScript, va PHP kabi dasturlash tillari chiqqan bo’lsada, Java hozirda eng ko’p ishlatiladigan TOP 5 tildan biri bo’lib turibdi.

Java bilan dasturlar yaratishni chegarasi yo’q desa ham bo’ladi. Java texnologiyasi, hukumat, moliya, sog'liqni saqlash, sug'urta, ta'lim, ishlab chiqarish, mudofaa va boshqa sohalardagi kompaniyalar tomonidan qo'llaniladi. Fortune 500 kompaniyalarining 90 foizi server arxitekturasi uchun Java'dan foydalanadi. Hozirgi kunda tez o'sib borayotgan ko'plab startaplar loyihalar ham o'z vositalari uchun Java-dan foydalanishmoqda.

Oracle hisob-kitoblariga ko‘ra, Java butun dunyo bo‘ylab 3 milliarddan ortiq qurilmalarda ishlaydi, shunday ekan bu boshqa tillarga qaraganda ancha ko‘proq. Java hozirda smartfonlar, avtomobillar, tibbiy asboblar va elektron kitoblar kabi qurilmalarda, shuningdek eBay, Linkedin, Amazon, Facebook va Google kabi dunyoning eng mashhur vebsaytlarida qo'llaniladi.

Nima uchun Full Stack Java praktikum kursini tanlash kerak?

Mukammal o’quv dasturi
Bu kursimiz 4 qismga bo’lingan bo’lib: Frontend, Backend, Database, Jhipster qismlari o’rgatiladi. So’ng o’quvchilar Java dasturchilardan ish  jarayonida talab qilinadigan eng zarur ko’nikmalarni va eng yangi texnologiyalarni o’zlashtiradilar. Kursimizning oxirgi oylari ishga tayyorlovdan iborat bo’lib, o’quvchilar 8-oydanoq ishga tayyor kadr bo’lib yetishadilar

Siz uchun qulay  vaqtda
Kurslarni o’zingizga qulay vaqtda va tempda, joriy ishlaringizga xalaqit qilmagan holda o’rganib borishingiz mumkin

Kuchli mutaxassislar
Praktikum Java sohasidagi tajribali ustozlar tomonidan o’tiladi. Ustozlar 12 yillik tajribaga ega Xalqaro kompaniyadagi Senior dasturchilardir. 

 

Amaliy topshiriqlar

Har bir mavzu video darsliklardan tashqari interaktiv o’quv qo’llanmalari va amaliy mashg’ulotlar bilan boyitilgan.

Murakkab loyihalarga asoslangan portfolio

Kurs davomida 3 ta murakkab, katta loyiha qilinadi. Bu loyihalarga asoslanib portfolioningzni shakllantirishingiz mumkin. Bunday portfolioga ega junior dasturchilar tezda ishlarini topib ketishlari mumkin.

Shunchaki “coder” bo’lmaysiz

Biz sizga haqiqiy dasturchi bo’lishingizga yordam beramiz. Sintaksisni yodlab olgan, “coder”lardan ajralib turasiz. Fikrlashni, muammolarni yechishni o’rgatamiz. 

Kurs kimlar uchun?

Dasturlashni endi boshlayotganlar
Praktikum kursida barcha bilimlar 0dan boshlab o’rgatialdi. Shu sababdan, umuman dasturlashdan xabari yo’q yoki ozgina tushunchasi bor o’quvchilar uchun bu kursni ideal deyishimiz mumkin.

Frontend dasturchilar
Praktikum kursida barcha bilimlar 0dan boshlab o’rgatialdi. Shu sababdan, umuman dasturlashdan xabari yo’q yoki ozgina tushunchasi bor o’quvchilar uchun bu kursni ideal deyishimiz mumkin.

Backend dasturchilar

Praktikumning Frontend qismida HTML, CSS, Javascript, Vuelar to’liq o’rgatiladi. Shu sababdan frontendni o’rganmoqchi bo’lgan backend dasturchilarga ham kursni tavsiya qilish mumkim. 

Kurs dasturi

01. Java asoslari

Bu modulda Java dasturlash tili haqida boshlang’ich tushunchalar beriladi va uning imkoniyatlari kichik dasturlar va masalalar orqali ochib beriladi. Darslar davomida dasturlash muhitini yaratish, Operatorlar, shartli belgilar va sikllar kabi nazorat tuzilmalari, Sodda va murakkab ma’lumot tiplari, Bir o’lchamli massivlar va Funksiyalar o’rgatiladi

02. Obyektga yo’naltirilgan dasturlash va to’plamlar(Collections)

O’quvchilar OYD (OOP – Object Oriented Programming)ning asosiy qonun qoidalarini va ular yordamida dastur yozishni o’rganishadi. To’plamlar(Collections framework)ga tegishli bo’lgan ma’lumot turlari va ular bilan ishlashdagi maxsus funksiyalardan foydalanish o’rgatiladi

Bu modulda o’quvchilar
• Obyektga yo’naltirilgan dasturlash
• Klasslar, ularning strukturasi va obyektlar
• Foydalanish modifikatorlari(Access modifiers) va Inheritence (voris olish)
• Polimorfizm qoidasi
• Abstraktsiya va interfeyslar bilan ishlash
• To’plam(Collections)lar
• List
• Map
• Queue
• Set
bilan ishlashni o’rganadilar.

03.Murakkab Java tushunchalari(Advanced java)

Bu modulda ushbu tildagi ishni yengillashtiradigan va kodni qisqartiradigan imkoniyatlar ko’rib chiqiladi. Dasturdagi xatoliklarni aniqlash va oldini olish o’rgatiladi.

Darslar davomida
• Lambdalar va kengaytma funksiyalar
• Xatoliklar va ularni bartaraf etish
ko’rib chiqiladi.

04.Springga kirish

Spring texnologiyasi, uning modullari haqida tushunchalar real misollar asosida o’rgatiladi va hamma darslar bitta loyiha asosida ko’rsatiladi.

Darslar davomida ushbu texnologiyalar o’rgatiladi:
• Spring Boot
• Spring Security
• Spring Data

05.Database

Bu modulda Database uchun PostgreSQL, dasturchi uchun kerak bo’ladigan asosiy so’rov(query)lar va Joinlar to’liq o’rgatiladi.

06.Frontend

Bu modul frontend uchun mo’ljallangan bo’lib, Frontend uchun HTML5, CSS, JavaScript texnologiyalari o’rgatiladi. Dasturning foydalanuvchi interfeysi qismini yasash, uni o’zgartirish ko’nikmalari shakllantiriladi.

07.Vue.js

Bu modulda JavaScript tilining keng tarqalgan kutubxonasi – Vue.js ning eng kerakli qismlari, componentlar, hodisa(event)lar, bog’lanish(binding)lar va boshqa ko`plab qirralari o’rgatiladi.

08.JHipster

Bu modulda o’quvchilarga JHipster orqali yuqoridagi barcha texnologiyalarni va ularga qo’shimcha bir nechta texnologiyalarni jamlagan holda loyiha tuzish o’rgatiladi.Uning ichki imkoniyatlari aniq misollar, loyihalar asosida ko’rsatib beriladi.

Darslar davomida:
• Application tuzish
• Entitylar bilan ishlash
• Monolith application
• Microservice application
• JDL studio bilan ishlash to’liq o’rgatiladi.

09.Ishga tayyorgarlik

Modul davomida:

• Rezyume yozish
• Portfolio tayyorlash
• Ish qidirish
• Intervyuga tayyorgarlik kabi ko’nikmalarto’liq o’rgatiladi.

O'quvchilarning fikrlari

Biz hunarda, kasbda yoshlarimiz ilg’or bo’lishini taminlaymiz.


Abror Abduraimov

Praktikum kursi bo’yicha fikrim juda ajoyib. Boshida kursni sotib olishimdan oldin qo‘rqqandim biz bilan kim shug‘ullanadi? shunchaki video tomosha qilib ketaveramizmi deb. Lekin aksincha shaxsan ustoz G‘ayrat akani o‘zlari to‘liq qo‘llab quvvatlab, barcha savollarimizga javob berdilar. Bu kursning yana menga eng yoqqan tarafi bu yopiq telegram guruhidagi barcha do‘stlarimiz bir birlari bilan ahlligi bir-birini qo’llab quvvatlashidir. Eng asosiysi narxi arzonligi. Shu loyihani tashkil qilgan barchaga rahmat👍


Abror Bulturboev

Shaxsan mening fikrim Ustozimiz G’ayratjon aka tomonidan darslar ajoyib va qiziqarli tayyorlangan bo'lib juda sodda tushuntirilgan. Kursda ishga kirish jarayonida intervyulardan qanday savollar tushishligi va nimalar so'rashligi uchun videodarslarda Ustoz kuchli urg'u berib tushuntirib ketganlar. Aynan shunday joylarida Google va YouTube dan ham o'rgansa bo'laveradi kabi javoblardan uzoqlashasiz . Google va YouTube darsliklarida yoki pullik Udemy kurslarida sizga intervyularda aynan shu savollar, o'rganishingiz kerak bo'lganlarni aytib ketmaydi . Ustoz G'ayratjon akaga onlayn bo'lsalar saharlik (hozir Ramazon oyi) paytida ham savol bersak☺️🙈 javob berib ketadilar. Kim Javani o'rganishni maqsad qilgan bo'lsa ushbu kursdan foydalanishlikni maslahat beraman .


O'ktamov Sardorbek

Ushbu kursni tanlaganimdan xursandman. Barcha kerakli ma'lumotlar berilib borilmoqda, ayrim videolarni sifatini hisobga olmaganda, bilim sifati juda yuqori.


Muhammadqodir Azizov

Darslar juda yaxshi va sodda tushuntirilgan. Dasturlashga endi kirib kelganlar ham qiyinchiliksiz o'rgana oladi. Agar biror bir darsga tushunmay qolsak, telegramda yopiq guruh orqali tushunmagan joylarini so'rab o’rganamiz.

Kursning ochiq qismini ko'rib, ishonch hosil qiling

Spring boot Ma’lumotlar bazasi bilan ishlash (JPA)

Spring boot oAuth2 google orqali authentication qilish 1-qism

Websocket kirish

Kurs uchun to'lov

Bizga to’lovni Payme va CLICK orqali amalga oshirishingiz mumkin.

Bir martalik to'lov

1,500,000 so'm

Ko'p so'raladigan savollar

Java dasturlash kursimizning umumiy narxi 1,5 mln so’m. Shu sabab bu summani 9 oy uchun deyishimiz mumkin.

Praktikum Java sohasidagi tajribali ustozlar tomonidan o’tiladi. Ustozlar 12 yillik tajribaga ega Xalqaro kompaniyadagi Senior dasturchilardir. Kurs davomida o’quvchilar ish jarayonida talab qilinadigan eng zarur ko’nikmalarni va eng yangi texnologiyalarni o’zlashtiradilar. Kursimizning oxirgi oylari ishga tayyorlovdan iborat bo’lib, o’quvchilar 8-oydanoq ishga tayyor kadr bo’lib yetishadilar.

Kursni boshlash uchun hech qanday talab yo’q, chunki kursimiz 0 dan boshlab o’rgatiladi.

Kurs onlayn videodarslardan tashkil topgan. Videodarslar platformaga joylashtirilgan. Foydalanuvchilar onlayn videodarslarni ko’rishlari mumkin. Afsuski, darslarni yuklab olish mumkin emas.

Har bir modul so’ngida test topshiriqlari beriladi. Bu topshiriqlar orqali olgan bilimlaringizni mustahkamlab olishingiz mumkin. Bundan tashqari, katta modullar so’ngida topshiriqlar berilib, yozgan kodingizni o’qituvchi tekshiradi va feedback beradi.

Ha, albatta. ZOOM uchrashuvlari o’tkaziladi va u yerda o’zingizni qiziqtirgan savollarga javob topishingiz mumkin.

Albatta. Xohlasangiz, bundan kamroq muddatda darslarni ko’rib tugatishingiz mumkin. Lekin biz kursni 9 oy davomida tugatishni tavsiya qilamiz.

Kurs foydalanish muddati cheklanmagan. Platformadagi videodarslarni istagancha qaytarib ko’rishingiz mumkin.

O’zingizga bog’liq. Haftasiga 10 soat vaqt ajratishni tavsiya qilamiz.

Kursimizni tugatib, siz Junior Full Stack Java dasturchi sifatida kompaniyalarda ishlashingiz yoki o’zingizni loyihangizni boshlashingiz mumkin.

Buning barchasi o’zingizga bog’liq. Sababi kursdagi bilimlardan tashqari sizning soft skillaringiz – kirishimlilik, jamoada ishlay olish, muammolarga yechib topish kabi ko’nikmalar maoshingizni belgilashda katta ro’l o’ynaydi

Xa albatta, shartnoma asosida bo’lib to’lashingiz mumkin. Umumiy summaning birinchi 750 ming so’mni to’laganingizdan keyin, 2 hafta o’tib qolgan yarmini ham to’lashingiz kerak bo’ladi. Shartnoma haqida batafsil ma’lumot olish uchun @mohirdevsales ga murojaat qiling.

Saytdan click va payme orqali sotib olishingiz mumkin. Agar sotib ololmasangiz, Telegram orqali @mohirdevsales ga bog’lanib, kursimizni xarid qilishingiz mumkin.